
- 0
- 24.04.2026 10:25:00
- 1 min read
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning nabirasi O‘mer Tayyip Erdo‘g‘an so‘nggi paytlarda xalqaro maydonlarda faol chiqishlari bilan diqqat markaziga tushmoqda.
18 yoshli O‘mer iqlim o‘zgarishi, global mas’uliyat va yoshlar roliga bag‘ishlangan forumlarda qatnashib, bugungi qarorlar kelajak hayotga bevosita ta’sir qilishini ta’kidlamoqda. Uning fikricha, ekologik muammolar faqat tabiat bilan cheklanmaydi — ular iqtisod, jamiyat va inson hayot tarzini ham o‘zgartiradi.
O‘mer yosh bo‘lishiga qaramay, 14 yoshida Qur’onni to‘liq yod olgan hofiz sifatida tanilgan. Bundan tashqari, u “Yosh diplomatlar assotsiatsiyasi”da vitse-prezident lavozimida faoliyat yuritadi.