
- 12
- 28.10.2025 16:32:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 10-maktab o‘quvchi qizlari tungi klubda ishlayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Tekshiruv natijasida suratlarda tasvirlangan qizlardan biri — 2008-yilda tug‘ilgan, 10-sinf o‘quvchisi X.T. ekani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, suratlar 2024-yilning yozida olingan. X.T. darslarga muntazam qatnashmagani uchun 10-sinfda qoldirilgan va hozirgi o‘quv yilida ham ko‘p dars qoldirgan.
U bilan bir necha bor profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Hozirda qiz Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.