Aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirgan 151 nafar mansabdor ishdan olindi

Aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirgan 151 nafar mansabdor ishdan olindi
  • 1
  • 14.09.2026 12:19:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda 2026-yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlarini yetarli darajada ko‘rib chiqmagan 151 nafar davlat xodimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonalari ma’lum qildi.
Sakkiz oy davomida murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklar bo‘yicha davlat tashkilotlariga 5 486 ta hujjat kiritilgan. Natijada 833 nafar xodimga hayfsan berilgan, 150 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 1 335 nafari rasman ogohlantirilgan.
Shuningdek, 89 kishi jarimaga tortilgan, 8 kishining lavozimi pasaytirilgan.
Eng ko‘p kamchiliklar bandlik, mahalla, MIB, sog‘liqni saqlash, prokuratura, ijtimoiy himoya va energetika sohalarida aniqlangan.
2026-yil 13-avgustgacha Prezident Xalq qabulxonalariga aholidan 557 254 ta murojaat kelib tushgan. Eng ko‘p murojaat Toshkent shahridan — 74 592 ta kelib tushgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News