
- 5
- 21.10.2025 16:54:00
- 1 min read
Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi qishloqda 15 yoshli maktab o‘quvchisi 71 yoshli qo‘shnisidan, ayrim manbalarga ko‘ra, qarindoshidan farzand ko‘rganligi aniqlanib, katta shov-shuv sababga bo‘ldi. Qizning homiladorligi faqat yettinchi oyda ma’lum bo‘lgan, u fevral oyida bolani dunyoga keltirgan. So‘ngra gumonlanuvchi erkak hibsga olingan va vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Turkiston viloyati politsiyasi ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqeadan so‘ng mahalliy aholi gumonlanuvchining oilasini qishloqdan chiqib ketishini talab qilgan.