Hindistonda 14 yoshli bola matematikadan bir kunda oltita rekord o‘rnatdi

 Hindistonda 14 yoshli bola matematikadan bir kunda oltita rekord o‘rnatdi
  • 5
  • 17.02.2025 11:00:00
  • 1 min read

14 yoshli Aaryan Shukla og‘zaki hisob-kitobda ajoyib qobiliyatini namoyish etib, bir kunda oltita jahon rekordini yangiladi. Bola 30,9 soniyada 100 ta to‘rt xonali sonni, 1 daqiqa 9,68 soniyada 200 ta to‘rt xonali sonni va 18,71 soniyada 50 ta besh xonali sonni miyasida qo‘sha oldi. Aaryan 20 xonali sonni o‘n xonali songa bo‘lish uchun 5 daqiqa 42 soniya sarfladi. O‘smir ikkita besh xonali va ikkita sakkiz xonali sonni xayolan ko‘paytirish uchun esa mos ravishda 51,69 soniya va 2 daqiqa 35,41 soniya vaqt sarfladi. U o‘zining birinchi jahon rekordini bir yilcha avval o‘rnatgandi: u o‘shanda 25,19 soniya ichida 50 ta besh xonali sonni xayolida qo‘shib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Ginnes rekordlar kitobi vakillari bolani Dubayga taklif etdi, endi uning hisobida yana oltita unvon mavjud. Aaryan zehnini o‘tkir saqlash uchun kuniga besh-olti soat matematika bilan shug‘ullanadi. Aaryanning otasi, oilasi ham bolaning matematikaga bo‘lgan qobiliyati qayerdan kelib chiqqanini tushunmasligini aytadi. Ota-ona faqat Aaryan mashg‘ulotlar paytida charchab qolmasligi va stressga tushmasligini nazorat qilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News