Farg‘onada 14 yoshli qiz zo‘rlandi: 4 gumonlanuvchi qamoqqa olindi

Farg‘onada 14 yoshli qiz zo‘rlandi: 4 gumonlanuvchi qamoqqa olindi
  • 0
  • 16.01.2026 14:14:00
  • 1 min read

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 14 yoshli qiz bir guruh yigitlar tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradi. Jinoyat 2026-yil 9-yanvar kuni sodir bo‘lgan. 2002-yilda tug‘ilgan 4 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. ❗️O‘zbekistonda 2025-yilda qotilliklar soni kamaygan bo‘lsa-da, nomusga tegish jinoyatlari ko‘paygan. Jumladan, 2024-yilda ushbu turdagi jinoyatlar 359 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 381 taga yetgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News