11 yoshli o‘zbekistonlik qiz Britain’s Got Talent sahnasida hakamlarni hayratda qoldirdi

11 yoshli o‘zbekistonlik qiz Britain’s Got Talent sahnasida hakamlarni hayratda qoldirdi
  • 0
  • 25.03.2026 18:35:00
  • 1 min read

11 yoshli Yasmina Husniddinova mashhur Britain’s Got Talent shousining 19-mavsumida ishtirok etib, ilk bor O‘zbekiston vakili sifatida sahnaga chiqdi. U “Never Enough” qo‘shig‘ini ijro etib, hakamlardan to‘rtta “ha” oldi va butun zalning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Uning chiqishi 24-mart kuni loyiha rasmiy YouTube sahifasida e’lon qilindi.
Bu chiqish nafaqat Yasmina uchun shaxsiy muvaffaqiyat, balki xalqaro maydonda O‘zbekiston madaniyati va san’ati uchun ham muhim yutuq bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News