
- 5
- 15.05.2026 09:24:00
- 1 min read
Prezident tashabbusi bilan 100 nafar o‘zbekistonlik bepul haj safariga yuborilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali reportajida ma’lum qilindi.
Ular orasida mahalla raislari, mehnat faxriylari, shifokorlar, olimlar, oddiy ishchilar hamda turli sohalarda uzoq yillar faoliyat yuritgan fuqarolar bor. Jumladan, sharqshunos olima Muxlisaxon Ziyovuddinova, tibbiyot fanlari doktori Abduvohid Sodiqov va boshqa bir qator fuqarolar prezident yo‘llanmasi asosida haj safariga jo‘naydi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yilgi haj mavsumida O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq fuqaro Saudiya Arabistoniga yuborilishi rejalashtirilgan. Haj ziyorati narxi esa bir kishi uchun 77 million 73 ming so‘m etib belgilangan. Ziyoratchilar Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch aeroportlaridan Madinaga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadi.