
- 1
- 07.01.2026 10:11:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Yaroslavlda bolakay mashina haydayotganida yo‘lovchi ayol tomonidan to‘xtatilib, so‘roq qilingani aks etgan video keng tarqaldi. 10 yoshli bolakay ayolning savollariga xuddi kattalardek “Nima muammo?”, “Sekin haydayapman”, “Dadam ruxsat bergan” deb javob berdi. Bolakayning bu yoshda ruldaligidan ham hayratga solgan narsa uning o‘zini kattalar kabi tutishi edi.
Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilib, bolakayning otasiga jarima jazosi qo‘llanilgan.
Bolakay esa ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi.