⚡️“Wednesday” qaytmoqda: 2-mavsum tizeri namoyish etildi

⚡️“Wednesday” qaytmoqda: 2-mavsum tizeri namoyish etildi
  • 4
  • 10.01.2023 08:07:00
  • 1 мин чтения

Netflix striming kanali “Wednesday” serialining 2-mavsumi kelayotganini bildirdi.
E’lon qilingan tizer-treylerda “Wednesday”ning Nevermor akademiyasidagi tanish kadrlar bilan birga yangi qahramonlarga ham ko‘zingiz tushadi. Qiziq tomoni, yangi rolik “Wednesday Addams” deya nomlangan.
📆 2-mavsum qachondan boshlanishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Wednesday”ning ilk mavsumi o‘tgan yilning noyabrida chiqqandi. Serial Netflix’da ikki marta hafta davomida eng ko‘p tomosha qilingan.

📺Agar siz haliyam 1-mavsumini ko‘rmagan bo‘lsangiz, dam olish kunini maroqli o‘tkazishning ayni vaqti. Serial janri – dahshatli komediya.
Serial IMDB’da tomoshabinlar tomonidan 10 balldan 8.3 to‘plagan.

Bosh qahramon Wednesday – Jenna Ortego,
Ijrochi prodyuser – Tim Byorton, Alfred God vhkz.
Video: Netflix

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News