
- 7
- 18.01.2023 11:36:00
- 1 мин чтения
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli musobaqa – Tata Steel Chess-2023’ning 4-turida Nodirbek Abdusattorov Masters guruhida eronlik Parham Magsudluga qarshi dona surib, naq 6 soatlik o‘yindan keyin raqibini mot qildi. U ayni paytda Anish Giri bilan bir xil ochko jamg‘arib, turnirda yetakchilik qilmoqda.
Challengers guruhida esa Javohir Sindarov hindistonlik Adiban bilan durang o‘ynadi.
Norvegiyalik Magnus Karlsen esa gollandiyalik Anish Giriga qarshi o‘ynab, kutilmaganda yutqazib qo‘ydi.