Ovqat sifatini yaxshilovchi qoshiq sotuvga chiqarildi

Ovqat sifatini yaxshilovchi qoshiq sotuvga chiqarildi
  • 12
  • 19.01.2023 07:21:00
  • 1 мин чтения

Amerikaning SpoonTEK startapi kuchli bo‘lmagan elektroshokerli qoshiqni yaratdi.
Ushbu qoshiq odam uchun xavfsiz bo‘lishi va ovqat sifatini yaxshilashi ta’kidlanmoqda. Afzalliklaridan biri qoshiq tuz, glutamata natriy kabi ko‘p miqdorda qo‘shilgan ziravorlarni cheklaydi.
Sotuvga chiqarilgan qoshiq elektrod va svetoidga ega. Og‘izga olib borilganida tilga yengil tok o‘tadi. Ta’kidlanishicha, ushbu qoshiq ko‘proq suyuq yeguliklarga mos. Narxi esa $29 ga baholangan.
Ammo undan og‘zida pirsingi borlar, yuragiga kardiostimulyator qo‘ydirganlar va tanasiga shunga o‘xshash elektr qurilmalar o‘rnatganlar foydalanishlari mumkin emas.
Foto: SpoonTEK

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News