Germaniyada jazirama 14 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Germaniyada jazirama 14 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi
  • 2
  • 21.08.2026 13:00:00
  • 1 мин чтения

Germaniyada 6-apreldan 9-avgustgacha bo‘lgan davrda jazirama bilan bog‘liq 14 mingga yaqin o‘lim qayd etilgan. Bu haqda Robert Kox instituti hisobotiga tayanib Deutsche Welle xabar berdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, har 100 ming aholiga 17 ta o‘lim to‘g‘ri kelgan. Bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, olimlar haqiqiy raqam bundan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Jazirama eng ko‘p 85 yoshdan oshganlarga ta’sir qilgan — ushbu yosh guruhida 7 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan. Issiq, ayniqsa, yurak-qon tomir, o‘pka va buyrak kasalliklari bo‘lgan keksalar uchun xavfli bo‘lgan.
Mutaxassislar o‘lim guvohnomalarida issiq har doim ham bevosita sabab sifatida ko‘rsatilmasligini, shu bois jazirama oqibatidagi o‘limlar soni rasmiy hisobdan yuqoriroq bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News