
- 17
- 20.12.2022 09:24:00
- 1 мин чтения
Ark qal'asi qadim Buxoro shahridagi eng mashhur obidalardan biridir.
Buxoro qal'asi deb ham ataladigan ushbu obida VI asrda shaharni tashqi hujumlardan himoya qilish uchun qurilgan. Ammo bundan anchagina oldin ham himoya devorlari mavjud bo'lgan.
Afsonaga ko'ra Arkning birinchi asoschisi afsonaviy qahramon Siyovush bo'lgan. Qal'ada amirning yozgi qarorgohi, masjid, davlat xazinasi va zindon kabi bo'limlar mavjud. O'ziga xos san'ati bilan ajralib turadigan Ark qal'asi kengligi 4 gektar va balandligi 20 metrni tashkil etadi.
1993-yilda YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan Ark qal'asi bugungi kunda muzey vazifasini o'tamoqda.