
- 2
- 17.06.2026 09:57:00
- 1 мин оқу
Albaniya Prezidentining O‘zbekistonga amalga oshirayotgan rasmiy tashrif doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Albaniya Birinchi xonimi Armanda Begay o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Albaniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish hamda o‘zaro anglashuvni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Madaniy dastur doirasida Armanda Begay o‘zbek amaliy san’atining noyob namunalari — yog‘och o‘ymakorligi, so‘zana kashtachiligi va an’anaviy kulolchilik buyumlari bilan tanishdi.
Shuningdek, mehmon uchun an’anaviy o‘zbek liboslari namoyishi hamda mamlakatimiz hududlarining o‘ziga xos urf-odatlarini aks ettiruvchi “Kelin salom” marosimi taqdim etildi. Albaniya Birinchi xonimi o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va urf-odatlariga yuqori baho berdi.