Xorazmda ona va uning uch nafar qizi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

Xorazmda ona va uning uch nafar qizi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
  • 9
  • 22.10.2026 11:16:00
  • 1 мин оқу

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi — ona va uning uch nafar voyaga yetmagan qizi ovqatdan zaharlanib vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular tug‘ilgan kun tadbiridan qolgan salatni iste’mol qilgan.

“Daryo”ning Bosh prokuratura matbuot kotibiga tayanib xabar berishicha, oila a’zolari 8-oktabr kuni bir kun avvalgi tug‘ilgan kun tadbiridan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini yegan. Shundan so‘ng ularda zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

“Kun.uz” ma’lumotiga ko‘ra, salatni ayolning o‘zi tayyorlagan. Fojia yuz bergan paytda uning turmush o‘rtog‘i uyda bo‘lmagan. Vafot etgan uch qizning eng kattasi 7 yoshda bo‘lgan.

O‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan 10-oktabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, zaharlanishning aniq sababi ekspertiza natijalariga ko‘ra aniqlashtiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News