
- 3
- 16.09.2025 07:39:00
- 1 мин оқу
2018-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempioni, fransiyalik himoyachi Samyuel Umtiti 31 yoshida professional faoliyatini yakunlashi mumkin. U 2024-yil yanvaridan beri maydonga tushmagan va hozirda erkin agent maqomida.
Bugun Umtiti o‘zining sobiq klubi — “Lion” bazasiga tashrif buyurdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bu yerda shaxsiy video suratga oladi — ehtimol, bu vidolashuv lavhasi bo‘lishi mumkin.
Umtiti “Barselona”, “Lion”, “Lill” klublarida o‘ynagan va Fransiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Endi esa u futbol olamidan sokin tarzda chiqib ketishga tayyorlanmoqda.