JCH-2026. Favoritlar Mundialni tark etdi

JCH-2026. Favoritlar Mundialni tark etdi
  • 1
  • 30.06.2026 15:39:00
  • 1 мин оқу

Kecha tundan boshlab 1/16 bosqich o‘yinlari davom ettirildi. Dastlab Braziliya termasi og‘ir kechgan o‘yinda iroda ko‘rsatib, Yaponiyani 2:1 hisobida yengib, nimchorak finalga chiqdi. Germaniya esa Paragvayga qarshi bahs olib borib, asosiy taymda 1:1 hisobida durangga imzo chekishdi. qo‘shib berilgan ekstra taymlarda ham hisob saqlanib qolgach, tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Loterayada kutilmagan omad Lotin Amerikasi vakillariga kulib boqdi. Musobaqa favoriti sifatida ko‘rilayotgan Germaniya o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Kunning oxirgi juftligida esa yana bir favoritlardan biri Niderlandiya Marokashga qarshi o‘ynadi. Ushbu o‘yin ham 1:1 hisobida tugadi. qo‘shimcha taymlarda ham tomonlar darvozani aniq nishonga olisholmagach, penaltilar seriyasida Marokash “uchar gollandlar”ni yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Nimchorak finalda Braziliya Kot-d'Ivuar – Norvegiya g‘olibiga qarshi o‘ynasa, Paragvay Fransiya – Shvetsiya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi, Marokashni esa Kanada kutib turibdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News