
- 3
- 28.08.2026 13:34:00
- 1 мин оқу
Nepalda suv toshqinida halok bo‘lgan ayolning jasadini ikki erkak sochidan tortib, qulog‘idagi tilla ziraklarini yechib olgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Video katta rezonansga sabab bo‘lgan. Nepal politsiyasi voqeaga aloqador shaxslar qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 26-avgust kuni Nepal–Xitoy chegarasi yaqinida kuchli suv toshqini yuz berdi. Tabiiy ofatga Himolaydagi muzlikning qulab tushishi sabab bo‘lgan. Muz, tosh va loyning daryoga oqib tushishi ortidan yuzaga kelgan kuchli sel katta vayronagarchilikka sabab bo‘ldi. 28-avgust holatiga ko‘ra, Nepalda halok bo‘lganlar soni 469 nafarga yetgan, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.