
- 1
- 13.06.2025 08:42:00
- 1 мин оқу
DC Studios tomonidan ishlab chiqilgan va Jeyms Ganning rejissyorligidagi “Supermen: meros” filmining rasmiy treyleri taqdim etildi!
Syujet haqida qisqacha:
Film markazida — yosh Klark Kent, u insoniyat orasida yashashga harakat qilayotgan, ammo aslida Kripton sayyorasidan kelgan begona. U Supermen sifatida insoniyatga xizmat qilish vaqti kelganini his qiladi, ammo ayni paytda o‘zini bu dunyoga tegishlimi yoki yo‘qmi, degan savollar qiynaydi. U ikki dunyo — Kripton va Yer o‘rtasida ichki kurash olib boradi. Filmda faqat kuch emas, balki insoniylik, tanlov va ishonch haqida ham so‘z boradi.
Premyera sanasi: 2025-yil 11-iyul
Sizningcha, bu Supermen oldingilaridan farq qiladimi? Izohlarda fikringizni kutamiz!