Turkiyada 4-qavatdan tushib ketgan o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Turkiyada 4-qavatdan tushib ketgan o‘zbekistonlik ayol vafot etdi
  • 0
  • 24.03.2026 10:11:00
  • 1 мин оқу

Avvalroq Turkiyaning Izmir shahrida o‘zbekistonlik ayol  ko‘p qavatli turarjoy binosining to‘rtinchi qavatidan tushib ketgani xabar qilingan edi. 22 yoshli ayol og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, u shifoxonaga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay hayotdan ko‘z yumgan. Ayol Turkiya fuqarosi bilan imom nikohi asosida turmush qurgan, biroq bu nikoh rasmiy tartibda qayd etilmagan. Turmush o‘rtog‘i ham uning kabi eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan. Ular Izmirda kuyovning yaqin qarindoshlari bilan bir xonadonda yashab kelgan.
Hozirda marhumaning jasadini vatanga qaytarish bo‘yicha zarur tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News