Futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etdi

Futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etdi
  • 6
  • 14.04.2026 16:41:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekistonlik futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi. U o‘z vaqtida turli yoshdagi terma jamoalarda ham to‘p surgan futbolchilardan biri edi. Avilov futbolchilik faoliyati davomida bir qator klublarda o‘ynagan. U “Paxtakor”, “Navbahor”, “Andijon”, “Qo‘qon-1912” va “Turon” jamoalarida harakat qilgan. So‘nggi mavsumlarda esa u “Do‘stlik” klubida himoyachi sifatida maydonga tushib kelayotgan edi. Futbolchining vafoti sport jamoatchiligi orasida chuqur qayg‘u bilan qarshi olinmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News