Moskvada provokatsion videolar olgan o‘zbekistonlik bloger qo‘lga olindi

Moskvada provokatsion videolar olgan o‘zbekistonlik bloger qo‘lga olindi
  • 0
  • 10.06.2026 10:23:00
  • 1 мин оқу

Moskvada provokatsion videolar suratga olgan Jasjan (Shodiyev Jasur) qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, u kontent yaratish maqsadida begona ayollarning roziligisiz ularga yaqinlashib, jamoat joylarida turli nojo‘ya harakatlar qilgan. Shuningdek, metro yo‘lovchilarini ataylab janjalga undab, ularning reaksiyasini videoga olgan va roliklarni internetga joylashtirgan. So‘roq vaqtida bloger Moskvaga aynan shu videolarni suratga olish uchun kelganini tan olib, uzr so‘ragan.
U Rossiyani tark etishga uringan paytda aeroportda qo‘lga olingan. Hozirda unga nisbatan mayda bezorilik moddasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan, holat yuzasidan tekshiruv davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News