
- 6
- 18.06.2026 17:30:00
- 1 мин оқу
Birlashgan Arab Amirliklari 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqladi va shu orqali bunday cheklovni joriy etgan birinchi arab davlatiga aylandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishi, undan foydalanishi yoki boshqarishi mumkin emas. Ular post joylash, izoh qoldirish, kontent ulashish va guruhlarga qo‘shilish imkoniyatidan ham mahrum etiladi. 15–16 yoshdagi foydalanuvchilarga esa faqat qat’iy xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda yoshga mos kontent nazorati, ota-ona nazorati, begona foydalanuvchilar bilan muloqotni cheklash hamda ekran vaqtini boshqarish kabi tizimlar joriy etiladi.
Shuningdek, barcha ijtimoiy tarmoq platformalari foydalanuvchilarning yoshini sun’iy intellekt va raqamli tekshiruv tizimlari orqali aniqlashi shart bo‘ladi.