
- 0
- 25.07.2026 12:08:00
- 1 мин оқу
Turkiya tibbiyoti tarixida ilk bor 26 haftalik homilaning umurtqa pog‘onasidagi nuqson ona qornidayoq muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Operatsiya jarayoni Hajettepe universitetida o‘tkazilib, 30 nafar mutaxassis ishtirokida 6,5 soat davom etgan. Ma’lum bo‘lishicha, Sebiha Chakmakning homilasiga neyral nay nuqsoni tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlar ushbu operatsiya orqali chaqaloqda kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yurishdagi nogironlik, bosh miyada suyuqlik to‘planishi hamda siydik va ichak faoliyatini nazorat qila olmaslik kabi jiddiy asoratlarning oldini olgan.