
- 0
- 03.03.2026 14:16:00
- 1 мин оқу
Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiyalar davom etishini ma’lum qildi. Associated Press xabariga ko‘ra, u janglar besh haftadan ortiq davom etishi mumkinligini istisno etmadi.
Trampning aytishicha, “Epik g‘azab” operatsiyasi doirasida Eron hududida keng ko‘lamli harakatlar olib borilmoqda. Maqsad — AQSH uchun “o‘limli tahdid” deb baholangan Eron rejimi xavfini bartaraf etish. U “Yarim tun bolg‘asi” operatsiyasi chog‘ida Eronning yadroviy dasturiga zarba berilganini ham ta’kidladi. U to‘rtta asosiy vazifani sanadi: Eronning raketa salohiyatini yo‘q qilish, yangi raketa ishlab chiqarish imkoniyatini bartaraf etish, harbiy-dengiz kuchlarini zaiflashtirish va yadroviy qurolga ega bo‘lishining oldini olish.
Tramp janglar zarur bo‘lsa, davom etishini bildirib: “Bizga zerikarli bo‘lmaydi. Menga hech qachon zerikarli emas”, dedi.