
- 18
- 06.11.2024 12:12:00
- 1 мин оқу


O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan bir guruh OAV vakillari Qatar davlatida bo‘lib turibdi. Qatarning madaniy merosi, urf-odatlari bilan tanishayotgan jurnalistlar Qatar milliy muzeyiga safar qildi.
Qatar milliy muzeyi poytaxt shahar, Dohada joylashgan. U 2019-yildan buyon insonlarga qatarliklarning uzoq tarixi va bugungi kungacha erishgan yutuqlari haqida ma’lumot beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis binoning fasadini yaratishda cho‘llarda uchraydigan kristalldan ilhomlangan. Kristall tashqi ko‘rishdan atirgulga o‘xshaydi, shu sabab ham uni “cho‘l atirguli” deb nomlashadi.
Bino 11 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, uning har biridan katta taassurotlar olish mumkin. Dastlabki 4 ta bo‘lim hududning flora va fauna olami haqida. Bu bo‘limni aylanish davomida Qatarning iqlim sharoiti, u yerda qanday hayvonlar yashab o‘tgan, hozirda ularning qanday turlari mavjudligi, qolaversa, qanday o‘simliklar o‘sishini ko‘rish mumkin. U yerda nafaqat ko‘rish, balki dengiz, cho‘l, undagi hayvonlarning ovozini eshitish, his qilish ham mumkin. Zamonaviy texnologiyalar shunga imkoniyat yaratgan.