
- 0
- 22.07.2026 16:49:00
- 1 мин оқу
Samarqand shahrida YPX xodimi boshqaruvidagi Tracker rusumli xizmat avtomobili piyodani urib yubordi.
Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 21-iyul kuni soat 18:15 da “Shabbod” ko‘chasida sodir bo‘lgan. Xizmat avtomobili belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1951-yilda tug‘ilgan shaxsni urib yuborgan. Piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.