
- 68
- 04.11.2025 16:20:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston estradasining eng mashhur guruhlaridan biri bo‘lgan “Ummon” uzoq tanaffusdan so‘ng sahnaga qaytdi!
Guruh a’zolari — Shoxrux va Zohid 26-oktabr kuni Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan konsertda bir sahnada chiqishdi. Bu — 2016-yildan beri ularning birinchi birgalikdagi chiqishi bo‘ldi.
10 yillik sukutdan so‘ng qayta birlashgan “Ummon”ning chiqishi muxlislar tomonidan katta hayajon va samimiy quvonch bilan kutib olindi. Konsert davomida ular o‘zining eng sevimli qo‘shiqlarini ijro etib, tomoshabinlarga chinakam nostalgiya hadya etdilar.
Shuningdek, avvalroq e’lon qilinganidek, “Ummon” guruhi 2026-yil bahorida “Humo Arena”da katta konsert o‘tkazishni rejalashtirmoqda.