
- 6
- 10.10.2026 12:35:00
- 1 мин оқу
Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen qiruvchi samolyotida ilk mustaqil parvozini amalga oshirdi.
Parvoz Tailandning Surattxani viloyatidagi harbiy-havo kuchlari bazasida amalga oshirildi. Qirolicha muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng, uni turmush o‘rtog‘i — qirol Maxa Vachiralongkorn kutib olib, guldasta topshirdi.
Qirolicha katta uchuvchilik tajribasiga ega. Uning umumiy parvoz vaqti 1 188 soatni tashkil etadi. U ilgari yo‘lovchi samolyotlarida ikkinchi pilot sifatida ham parvoz qilgan. Qiruvchi samolyotda mustaqil uchish uchun esa ikki o‘rinli Gripen samolyotida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.