
- 9
- 15.10.2026 16:09:00
- 1 мин оқу
Toshkent shahrining Yashnobod, Yangihayot va Chilonzor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdulaziz Abdulhaqov Yashnobod tumani hokimi etib tayinlandi. U 2018–2025-yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining qurilish, infratuzilma va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Yangi tayinlovga qadar UET Construction kompaniyasida ijtimoiy obyektlar qurilishi departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan. U bu lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelgan Baxtiyor Rahmonqulovning o‘rnini egalladi.
Lazizbek Temirov Yangihayot tumani hokimi etib tayinlandi. U 2024-yildan buyon Yashnobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Hayot Inog‘omov Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi. U 2020-yildan buyon Yangihayot tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan. Chilonzor tumaniga esa 2022-yildan Saidqahhor Xolxo‘jayev rahbarlik qilgan.
Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimidan ketdi va Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.