
- 109
- 13.11.2025 14:36:00
- 1 мин оқу
Moda olamidagi afsonaviy hikoya qaytmoqda!
Hollywood’ning yirik kinostudiyalari “Qattiqqo‘l xonim 2” filmining rasmiy tizerini namoyish etdi.
Filmda birinchi qismda o‘z rollari bilan millionlab tomoshabinlarning yodida qolgan aktyorlar qaytadi:
Meril Strip (Miranda Pristli), Enn Xeteuey (Endi Saks), Emili Blant (Emili) va Stenli Tuchchi (Nijel).
Yangi syujet tafsilotlariga ko‘ra, Miranda Pristlining turmush o‘rtog‘i rolini bu safar taniqli aktyor Kennet Bran ijro etadi. Filmni esa yana birinchi qismning rejissyori — Devid Frenkel suratga olmoqda.
“Iblis Prada kiyadi” (2006) filmi o‘z vaqtida moda industriyasining orqa sahnasini ochib bergan, kinematografiya va uslubni uyg‘unlashtirgan durdona asar bo‘lgan.
Endi esa, 20 yildan so‘ng, hikoya yangi burilishlar, yangi qahramonlar va zamonaviy moda urf-trendlari bilan qaytmoqda.
Premyera sanasi — 2026-yil 1-may.