Asr bitimi xavf ostida — sababchi Tramp

Asr bitimi xavf ostida — sababchi Tramp
  • 1
  • 10.12.2025 09:59:00
  • 1 мин оқу

AQSH prezidenti Donald Tramp Netflix’ning Warner Bros’ni sotib olish rejasi yuzasidan shubha bildirdi. Uning ta’kidlashicha, streaming platformasi bozorda allaqachon katta ulushga ega, Warner Bros’ning qo‘shilishi esa bu ta’sirni “haddan tashqari kuchaytirib yuborishi” mumkin.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bitimni ma’qullashdan avval iqtisodchilar vaziyatni sinchiklab baholashi kerak, uning o‘zi ham qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etadi.
 

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Netflix Warner Bros., HBO va HBO Max’ni 82,7 milliard dollarga sotib olishini e’lon qilgan, bitim 2026 yilning uchinchi choragida yopilishi rejalashtirilgan.

Xabar ortidan internet foydalanuvchilari o‘rtasida qattiq muhokama boshlandi. Ko‘plab muxlislar Netflix’ka nisbatan norozilik bildirib, sevimli franshizalari streaming standartiga moslashtirilib qayta ishlanishini hatto tasavvur qilishni ham istamasliklarini yozishdi.

“Netflix kino industriyasini yo‘q qilishni istayapti“ shiori ostida
Ijtimoiy tarmoqlarda millionlab ko‘rishlar to‘playotgan montaj videolari paydo bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News