
- 0
- 11.06.2026 10:18:00
- 1 мин оқу
Global tinchlik indeksining (Global Peace Index) 2026-reytingiga ko‘ra, Islandiya, Yangi Zelandiya, Shveysariya, Sloveniya va Irlandiya dunyoning eng xavfsiz 5 ta davlati deb topildi.
Reyting davlatlarni harbiy mojaro xavfi, jinoyatchilik darajasi, ijtimoiy barqarorlik va aholining o‘zini xavfsiz his qilishi kabi 23 ta mezon asosida baholadi. Islandiya 2008-yildan beri deyarli uzluksiz ravishda dunyoning eng xavfsiz davlati bo‘lib kelmoqda va 2026-yilda ham birinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Shuningdek, O‘zbekiston reytingda 163 davlat orasida 37-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘onaga yuqoriladi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni band etdi.