
- 10
- 12.09.2024 12:44:00
- 1 мин оқу
Joriy yilning 15-19-sentyabr kunlari poytaxtimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Ipak yoʻli durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivalining muddatlari koʻchirildi.
Yurtimizda Futzal boʻyicha Jahon chempionati va bir nechta boshqa xalqaro forumlar, konferensiyalar kinofestival o‘tkazilish vaqtiga to‘g‘ri kelib qolgani sabab, boshqa sanaga ko‘chirishga tog‘ri kelgani haqida aytilmoqda. Aniq sana haqida ma‘lum qilinmagan.
Bu haqida “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali matbuot xizmati xabar berdi.