
- 0
- 08.06.2026 10:21:00
- 1 мин оқу
Afg‘onistonning Hirot viloyatida “Tolibon” ayollarning kiyinish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishni kuchaytirdi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, yuzini yopmagan, ro‘molsiz yurgan, tor kiyim kiygan yoki pardoz qilgan ayollar hibsga olinib, ayollar qamoqxonasiga joylashtirilishi mumkin.
Yangi tartibga ko‘ra, ayollarning belgilangan qoidalarga amal qilishi uchun oiladagi erkak vasiylar ham javobgar hisoblanadi. Talablarni bajarmaganlar “Tolibon” sud organlariga topshirilishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu choralar 6-iyundan kuchga kirgan bo‘lib, Hirotda ayollarning kiyinishini nazorat qilish maqsadida qo‘shimcha tekshiruvlar va nazorat punktlari tashkil etilgan.