
- 0
- 11.06.2026 10:16:00
- 1 мин оқу
Afg‘onistonda “Tolibon” yetakchisining davlat xizmatchilariga smartfonlardan foydalanishni cheklash haqidagi ko‘rsatmasidan so‘ng, politsiya va ayrim amaldorlar telefonlarini omma oldida sindira boshladi. Bu harakat ular tomonidan yetakchiga sodiqlik belgisi sifatida ko‘rsatilmoqda.
Avvalroq “Tolibon” rahbari Haybatulloh Oxunzoda davlat xizmatchilariga smartfonlardan foydalanishni taqiqlash haqida buyruq bergani xabar qilingan edi. Qoidani buzganlar harbiy sud oldida javob berishi mumkinligi aytilmoqda, biroq aniq jazolar hozircha ochiqlanmagan.