
- 29
- 19.11.2025 15:21:00
- 1 мин оқу
Xonandaning yangi taronasi qisqa vaqt ichida TikTok, Instagram va YouTube’da trendlar ro‘yxatining yuqori pog‘onalariga chiqib, millionlab tomoshabinlar e’tiborini tortmoqda.
Qo‘shiqning o‘ziga xos ohangi va quvnoq ritmlari sabab butun dunyo bo‘ylab ulkan chellenj paydo bo‘ldi. Turli davlatlardan blogerlar, aktyorlar, sportchilar va kontent yaratuvchilar qo‘shiqning o‘z talqinidagi raqs yoki ijro videolarini sahifalariga joylab, trendni yanada ommalashtirmoqda.
“Alyonushka” nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Yevropaning bir qator mamlakatlarida ham mashhurlikka erishib, xalqaro hitga aylanib bormoqda. Ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari qo‘shiqni “2024-yilning eng kutilmagan trendi” deb atamoqda.