“Sulton Sulaymon” va “Alicho” qariyb 2 yilga qamaldi

  • 4
  • 24.05.2025 11:08:00
  • 1 мин оқу

Turkiyalik taniqli aktyorlar Halit Ergench va Rizo Kojao‘g‘li, shuningdek, ularning menejeri Ayshe Barim Istanbuldagi Gezi parkida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq voqealarni tergov qilish doirasida yolg‘on ko‘rsatma berganlikda aybli deb topildi.

“Muhtasham yuz yil” seriali orqali O‘zbekistonda mashhurlikka erishgan Ergench 1 yil 10 oy 15 kun, “Ichkarida” hamda “Chuqur” seriallaridagi rollari bilan tanilgan Kojao‘g‘li esa 1 yil 8 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Biroq hukm ijrosi kechiktirildi, bu ayblanuvchilarga nisbatan maʼlum shartlarda qarorni o‘zgartirish imkoniyatini anglatadi.

Taʼkidlash joizki, Halit Ergench “Ming bir kecha”, “Muhtasham yuz yil”, “Sen mening vatanimsan”, “Qizil Istanbul”, “Bobil” va boshqa loyihalarda asosiy rollarni ijro etgan. 2015-yilda u Ozarbayjonda suratga olingan “Ali va Nino” romanining ekranlashtirilishida ishtirok etgan.

Rizo Kojao‘g‘li “Chuqur”, “Kuzey Guney” va “Yorqin olov” seriallaridagi rollari bilan tanilgan. Shuningdek, u “10 kun yaxshi inson”, “10 kun yomon inson” va “Qopqon” filmlarida suratga tushgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News