Tadqiqot: “Z avlod”ning 80 foizi ishda faqat band ko‘rinishga urinadi

Tadqiqot: “Z avlod”ning 80 foizi ishda faqat band ko‘rinishga urinadi
  • 0
  • 22.07.2026 11:58:00
  • 1 мин оқу

AQSHda 1003 nafar xodim o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 28 yoshgacha bo‘lgan “Z avlod” vakillarining 80 foizi ish vaqtida haqiqiy ishlashdan ko‘ra band ko‘rinishga harakat qilishini tan olgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, xodimlarning 66 foizi, rahbarlarning esa 73 foizi ba'zan unumdor ishlayotgandek taassurot uyg‘otish uchun turli usullardan foydalanadi. Masalan, ular ofisda qo‘lida hujjatlar bilan yuradi, klaviaturani bekorga bosadi, sichqonchani harakatlantirib turadi yoki kompyuterda keraksiz hujjatlarni ochiq qoldiradi.

Tadqiqotchilar hisob-kitobiga ko‘ra, bunday "bandlikni namoyish qilish" uchun xodimlar haftasiga o‘rtacha 5 soat, ya'ni yiliga qariyb 33 ish kunini sarflaydi.

Mutaxassislarning aytishicha, bunga asosiy sabab xodimlarning dangasaligi emas, balki ayrim kompaniyalarda natijadan ko‘ra ish joyida band ko‘rinishga ko‘proq baho berilishi va doimiy nazorat tizimlaridir. Shu bois mutaxassislar ish samaradorligini tashqi ko‘rinish bilan emas, erishilgan natija bilan baholashni tavsiya qilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News