
- 0
- 31.07.2026 11:05:00
- 1 мин оқу
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Andijon polkasi” raqsini Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish bilan bog‘liq xarajatlar uchun viloyat byudjetining zaxira jamg‘armasidan 730 million so‘m ajratdi. Hokim qarorida ushbu mablag‘ aynan qaysi xizmat va xarajatlarga yo‘naltirilishi, shuningdek, uning qancha qismi Ginnesning rekordlar kitobi tashkilotiga to‘langani ochiqlanmagan.

24-iyun kuni Andijonda o‘tkazilgan tadbirda 20 ming nafar ishtirokchi bir vaqtda “Andijon polkasi”ni ijro etib, Ginnesning rekordlar kitobi rekordini o‘rnatgan. Tadbir yakunida Ginnesning rekordlar kitobi vakili rekord sertifikatini viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga topshirgan.
Mazkur tadbir oldidan rekordga tayyorgarlik ko‘rishga ketayotgan Asaka tumanidagi maktab o‘quvchilari yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Oqibatda bir nafar o‘quvchi vafot etgan, yana bir necha kishi jarohat olgan.