Son Hyon Min endi AQSHda to‘p suradi

Son Hyon Min endi AQSHda to‘p suradi
  • 1
  • 04.08.2025 13:21:00
  • 1 мин оқу

Janubiy Koreyalik futbolchi Son Hyon Min o‘z faoliyatini AQSHda davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi "Tottenhem" klubidagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng “Los-Anjeles” klubiga o‘tishga qaror qilgan. Futbolchi yangi jamoasida 20 million dollar maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Son Hyon Min  “Tottenhem” klubida jami 454 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 173 ta gol, 101 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Son Hyon Min kecha 3-avgust kuni “Tottenhem” safida “Nyukasl”ga qarshi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi va yig‘lab o‘z jamoasi bilan xayrlashdi. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News