
- 1
- 22.09.2026 12:45:00
- 1 мин оқу
Turkiyaning Manisa viloyatida Inji Uzmez nomidagi kasb-hunar litseyi binosi yaqinida o‘quvchi qurolli hujum uyushtirdi. Hodisa oqibatida bir o‘quvchi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan. Dastlabki ma’lumotlarda 8 kishi jarohatlangani aytilgan.
Politsiya hujumda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga olgan. Mahalliy OAVga ko‘ra, gumonlanuvchi 15 yoshli, shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.