
- 17
- 30.09.2026 18:28:00
- 1 мин оқу
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Toshkentda FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, futbolni, ayniqsa, yoshlar orasida ommalashtirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda murabbiy, hakam va boshqa futbol mutaxassislarini xalqaro darajada tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tomonlar O‘zbekistonda FIFA turnirlari va tadbirlarini o‘tkazish hamda Toshkentda FIFAning Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy vakolatxonasini ochish jarayonini jadallashtirishni ham muhokama qildi.