
- 23
- 08.10.2026 10:29:00
- 1 мин оқу
Prezidenti 7-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi. Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev 8-oktyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Unda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, energetika, ekologiya, ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar, tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha fikr almashiladi.
9-oktyabr kuni esa prezident MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashadi. Unda Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning bugungi natijalari va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Ma'lumot uchun bu yil MDH tashkil etilganiga 35 yil to‘ladi.
Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkmaniston rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.