
- 4
- 28.04.2023 12:32:00
- 1 мин оқу
Afsonaviy braziliyalik futbolchining nomi Braziliyadagi portugal tilining Michaelis lug‘atiga kiritildi. “Pele — o‘z fazilati, qadr-qimmati yoki ustunligi bilan hech kim yoki hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydigan g‘ayrioddiy inson. Ushbu atama so‘z barcha davrlarning eng buyuk sportchisi hisoblangan Edson Arantis du Nasimentuning laqabidan olingan bo‘lib, “tanho”, “beqiyos”, “noyob” maʼnolarini anglatadi”, — deyiladi manbada.