
- 5
- 25.01.2025 12:49:00
- 1 мин оқу
AQSh Karnegi-Mellon universiteti olimlari Power-Over-Skin nomli yangi texnologiyani yaratdi. Ushbu texnologiya elektr energiyasini inson tanasidan o‘tkazib, batareyasiz taqiladigan qurilmalarni ishga solish imkonini beradi. Power-Over-Skin texnologiyasi, tanani energiya o‘tkazuvchisi sifatida ishlatib, fitnes-trekerlar va aqlli soatlarni uzluksiz zaryadlashga imkon yaratadi.
Olimlar bu texnologiya yordamida energiyani kichik qurilmalarga, masalan, Bluetooth-joystikka yoki yoritkichli sirg‘alarga uzatishdi. Texnologiya hozirda kam energiya iste’mol qiladigan qurilmalar uchun ishlatilsa-da, olimlar uning quvvatini 10 barobarga oshirib, murakkab qurilmalarni ham zaryadlashni rejalashtirmoqda.