
- 2
- 29.06.2026 12:17:00
- 1 мин оқу
Saudiya Arabistonida neft giganti Aramco kompaniyasiga tegishli vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bortdagi 14 kishi halok bo‘ldi. Hodisa 28-iyun kuni Fors ko‘rfazi sohilidagi Ras-Tanura shahrida, Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan. Saudiya davlat axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, vertolyotda bo‘lgan barcha qirollik fuqarolari vafot etgan.
Mazkur aviahalokat mahalliy vaqt bilan soat 06:00 atrofida yuz bergan. Uning sabablari hozircha noma’lum. Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, hodisa tafsilotlari o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.