Sardor O‘rtach va boshqa bir qator mashhur san’atkorlar hibsga olindi

Sardor O‘rtach va boshqa bir qator mashhur san’atkorlar hibsga olindi
  • 25
  • 13.11.2024 15:02:00
  • 1 мин оқу

Onlayn qimor reklamasida ishtirok etgan taniqli qo‘shiqchi Sardor O‘rtach hibsga olingan. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi. Hozirda Sardor O‘rtachga “pul tikish va qimor o‘yinlariga jalb qilish” aybi bilan uy qamog‘i jazosi tayinlangan.

Sud majlisidan keyin O‘rtach o‘z ishidan pushaymon ekanini bildirgan va quyidagi gaplarni aytgan: “Juda afsusdaman. Ushbu qimor o‘yinlariga bo‘lgan qaramlik tufayli men uyimni, sog‘lig‘imni va oilamni yo‘qotdim. Endi esa suddaman”.

Onlayn qimor reklamasi doirasida gumonlanayotgan 23 kishi orasida turkiyalik aktyor Mehmet Ali Erbil, musiqachi Zorbey Erkoch, 19 million obunachisi bor bloger Ibrohim Yilmaz, rus-turk blogeri Aleksandr Mensikov va 1,3 million obunachiga ega Esma Sezen ham hibsga olingan. Ular mahalliy Kiberjinoyatlar bo‘yicha tergov bo‘limi tomonidan qo‘lga olinib, so‘roq qilingandan so‘ng, prokuratura hibsga olish to‘g‘risida sudga talabnoma yuborgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News