
- 25
- 28.09.2026 14:59:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu Dabida BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.
26-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAA rahbariga yo‘llagan samimiy tilaklarini yetkazdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.